description |
---|
Jasurbek Xasanboyev |
Mana sizlar bilan WinFormga ham kirib oldik. Bugungi darsimiz orqali esa, biz sizlar bilan quyidagilarni o'rganamiz:
- Yangi forma yaratish
- Formaga komponentlar qo`shish
- Kontrollerlarga event (hodisa) orqali funksiya berish
- Formani ishga tushirish
Kelinglar bir boshdan boshlaymiz. Avvalgi darsda aytilganide bizga Visual Studio dasturi kerak bo`ladi.
- Visual Studio dasturini ishga tushiramiz
- “Create a new project” bo`limi tanalandi
4. Search for templates bo`limiga winforms deb yozamiz va ENTER ni bosamiz. 5. Dasturlash tillari orasidan C# ni tanlaymiz. 6. Template(andoza)lar orasidan Windows Forms App (.NET Framework) ni tanlaymiz.
{% hint style="info" %} Adashib (.Net) ni tanlab qo`ymang 😊. {% endhint %}
6. **** Configure your new Project menyusi ochiladi va biz endi yaratmoqshi bo`lgan dasturimiz nomini Project name bandiga yozamiz. Tayyor endi Create tugmasini bosamiz .
Bundan tashqari siz ushbu bo`limda dastur qayerda saqlanishi kerakligini ham kiritib ketishingiz mumkin. Buning uchun Location qismidagi ... (uch nuqta) ustiga bosib hotiradagi kerakli joyni tanlab qo`yasi TAMOM 😉.
O`zi aslida Visual Studio sizga Form1[Design] loyiha qismini ochib beradi lekin agarda sizda ochilmasa Solution Explorer dan Form1 ni topib ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marotaba bosamiz (keyingi o`rinlarda ushbu jarayon double-click deb yuritiladi).